← Barcha loyihalar

3D o'yin 2026-yil oktyabr — hozir

AtomTaxi

Toshkentda taksi simulyatori

Toshkent uslubidagi shaharda Chevrolet Cobalt taksisini haydash: buyurtma olish, GPS, real taksometr tarifi, metan, jarimalar va reyting. Brauzerda, desktop uchun.

2
haydaladigan mashina
5
shahar tumani
7,5 → 1,2 mln
kadrdagi uchburchak
30
commit

Muammo

Brauzerdagi haydash o'yinlari odatda arkada bo'ladi: mashina «yopishqoq», shahar bo'sh, iqtisod yo'q. Maqsad — Toshkent ko'chalarida taksichi smenasini his qildiradigan simulyator: haqiqiy fizika, tirik trafik va real tariflar bilan, hech narsa o'rnatmasdan.

Yechim

  • Rapier raycast vehicle: osma, og'irlik ko'chishi, ruchnoy drift va turbo; Mercedes uchun o'z orqa yuritma modeli (burnout, donut, «8»)
  • Tirik shahar: IDM modelida yuradigan AI transport, ikki fazali svetoforlar, zebradan o'tadigan piyodalar, chorrahani band qilish
  • Taksi smenasi: telefon ilovasida buyurtmalar, polosa grafigida A* GPS, Yandex Go tarifi bo'yicha taksometr, metan, jarimalar va reyting
  • Ovoz faylsiz sintez qilinadi: AudioWorklet'dagi dvigatel, turbo hushtagi, shina g'ijirlashi; Mercedes'da haqiqiy V8 yozuvlari

Arxitektura

  • Fizika 1/60 s fiks qadamda, vizual interpolyatsiya bilan; 0–100, tormoz yo'li va drift simmetriyasi brauzer testlarida o'lchanadi
  • Statik shahar material bo'yicha bitta mesh'ga yig'iladi, ko'p obyektlar InstancedMesh, daraxtlar 3 LOD bilan
  • FPS 40 dan tushsa grafika o'zi bir pog'ona yengillashadi; GPU va yadrolar bo'yicha avtomatik preset
  • three va rapier alohida chunk'larda — o'yin yangilanganda kutubxonalar keshdan olinadi
  • Progress, shikast va sozlamalar localStorage'da; dev rejimida render'siz simulyatsiya avtomatik testlar uchun
  • Three.js
  • Rapier
  • TypeScript
  • Web Audio
Keyingi loyihaMaktabTop Xususiy maktablar katalogi

// Aloqa

Loyihangiz bormi?
Keling, quramiz.

Yangi mahsulot, mavjud tizimni qayta yozish yoki hamkorlik — Telegram'da yozing, odatda bir kun ichida javob beraman.

Telegram: @atomlabs_support