Platforma 2025-yil yanvar — hozir
MaktabTop
Xususiy maktablar katalogi
Toshkentdagi 229 ta xususiy va xalqaro maktabni narx, hudud, til va reyting bo'yicha solishtirish platformasi. Ota-onalar uchun to'liq bepul.
- 229
- maktab bazada
- 148
- Toshkent shahrida
- UZ / RU
- ikki tilli interfeys
- 265
- commit
Muammo
Ota-onalar xususiy maktab tanlashda narx, ta'lim tili va manzilni Telegram kanallar, tanishlar va tarqoq saytlardan yig'adi. Maktablarni bir joyda yonma-yon solishtiradigan o'zbekcha manba yo'q edi.
Yechim
- Narx, hudud, til va reyting bo'yicha filtrlanadigan katalog, maktablarni yonma-yon solishtirish va saqlanganlar ro'yxati
- Narx oralig'i bo'yicha alohida sahifalar va ota-onalar uchun to'liq qo'llanmalar (blog)
- Maktab vakillari uchun shaxsiy kabinet: o'z maktabini o'zi tahrirlaydi, statistikani ko'radi
- Telegram bot (@maktabtopbot) — webhook orqali, alohida serversiz
Arxitektura
- Next.js 15 App Router: barcha ommaviy sahifalar SSG/ISR bilan oldindan render qilinadi, admin o'zgarishi revalidateTag bilan darhol yangilanadi
- Supabase (Postgres + Auth), ikki rol: admin va maktab vakili
- SEO: har sahifada meta + JSON-LD (School, BreadcrumbList, FAQPage), dinamik sitemap, IndexNow orqali Yandex/Bing'ga darhol xabar
- Ma'lumot yig'ish pipeline: maktabgid.uz, beekids, my-school.uz va maktablarning o'z kanallaridan
- Create React App'dan Next.js'ga bosqichma-bosqich ko'chirilgan
// Aloqa
Loyihangiz bormi?
Keling, quramiz.
Yangi mahsulot, mavjud tizimni qayta yozish yoki hamkorlik — Telegram'da yozing, odatda bir kun ichida javob beraman.
Telegram: @atomlabs_support