← Barcha yozuvlar

2026-yil 26-oktyabr 3 daqiqa

MaktabTop: Create React App'dan Next.js 15'ga ko'chish

Nega react-snap va Helmet yetmay qoldi, ko'chish qanday bo'laklarga bo'lindi va natijada nima o'zgardi.

MaktabTop — Toshkentdagi xususiy maktablar katalogi. Sayt Create React App'da boshlangan: routing react-router-dom bilan, meta teglar react-helmet bilan, qidiruv tizimlari uchun oldindan render esa react-snap bilan. 2026-yil iyulida u to'liq Next.js 15 App Router'ga ko'chirildi.

Nega ko'chish kerak bo'ldi

Katalog sayti uchun asosiy kanal — qidiruv. CRA'da meta teglar brauzerda, JavaScript ishga tushgandan keyin qo'yiladi; react-snap esa build paytida sahifalarni headless brauzerda ochib, HTML'ni saqlaydi. Bu mo'rt: yangi maktab qo'shilsa, uning sahifasi va sitemap faqat qayta deploy'dan keyin paydo bo'ladi.

Maqsad uchta edi: SSR va ISR bilan ishonchli SEO, react-snap mo'rtligidan qutulish va yangi maktab qo'shilganda sahifa va sitemap'ning qayta deploy'siz yangilanishi.

Qanday ko'chirildi

Avval qarorlar yozib olindi: public sahifalar ma'lumotni server'da oladi va ISR bilan keshlanadi, admin panel to'liq client komponent bo'lib qoladi, global CSS o'zgarishsiz ko'chadi. Keyin har route uchun jadval tuzildi — react-router yo'lidan App Router fayliga — va routing API'lari almashtirildi: Link, useRouter, useParams, usePathname.

Eng muhim qism — SEO. Helmet o'rniga server tomonda ishlaydigan Metadata API keldi: statik sahifalarda metadata eksporti, maktab va hudud sahifalarida generateMetadata. JSON-LD (School, BreadcrumbList, FAQPage) to'g'ridan-to'g'ri server komponentida render qilinadi. Natijada to'rtta paket olib tashlandi:

  • react-scripts va react-snap — build va oldindan render endi Next.js ishi
  • react-router-dom — routing fayl tizimidan
  • react-helmet — meta teglar server'da

Natija

Ma'lumot qatlami server'da unstable_cache va bir soatlik revalidate bilan ISR'ga o'tdi; admin o'zgartirsa, server action keshni darhol yangilaydi. Sitemap dinamik bo'ldi. Migratsiya oxirida next build 53 sahifani oldindan render qilardi.

Keyinroq ma'lumotlar bazasi ham almashdi: Firebase butunlay olib tashlanib, o'rniga Supabase (Postgres + Auth) ulandi. Bugun MaktabTop'da 229 ta maktab bor va har ommaviy sahifa SSG yoki ISR bilan tayyor HTML bo'lib chiqadi.

LoyihaMaktabTop Xususiy maktablar katalogi

// Aloqa

Loyihangiz bormi?
Keling, quramiz.

Yangi mahsulot, mavjud tizimni qayta yozish yoki hamkorlik — Telegram'da yozing, odatda bir kun ichida javob beraman.

Telegram: @atomlabs_support