← Barcha loyihalar

EdTech 2026-yil iyul — hozir

atomjs

Brauzerdagi dasturlash laboratoriyasi

10–17 yoshli o'quvchilar uchun JavaScript, HTML va CSS laboratoriyasi: kod muharriri, sahifa muharriri, tez yozish va sinf bilan jonli o'yinlar.

202
avto-tekshiriladigan topshiriq
85k+
qator TypeScript
UZ / EN / RU
uch tilli interfeys
298
commit

Muammo

Maktab o'quvchisiga dasturlashni o'rgatish uchun kompyuterga muharrir o'rnatish, akkaunt ochish va ingliz tilidagi qo'llanmalardan foydalanish kerak bo'ladi. Darsda esa butun sinfni bir vaqtda faol ushlab turish qiyin.

Yechim

  • Brauzerdagi JavaScript muharriri (/code) va HTML + CSS + JS yonma-yon jonli chiziladigan web muharrir (/web)
  • O'zbekcha darslik: Foundation → HTML → CSS → JS, 10–17 yoshga mo'ljallangan qadam-qadam izohlar
  • 10 to'plamda 202 topshiriq, bir qismi yashirin testlar bilan avtomatik tekshiriladi
  • Sinf bilan jonli o'yinlar: viktorina, tez yozish poygasi, so'z o'yinlari, so'rovnoma — o'quvchilar PIN kod bilan qo'shiladi

Arxitektura

  • Vite + React 19 + TypeScript + Tailwind CSS v4, Monaco Editor (HTML/CSS IntelliSense, Emmet)
  • O'quvchi kodi izolyatsiyalangan sandbox iframe va Web Worker'da ishlaydi, cheksiz sikl 3 soniyada to'xtatiladi
  • Supabase (Postgres + RLS): coin, streak, reyting; Telegram orqali kirish
  • Vercel serverless funksiyalar: Telegram bot, natijalarni guruhga yuborish, cron mukofotlar
  • Vitest testlari (i18n kalit mosligi ham), GitHub Actions CI: lint + tsc + test + build
  • React 19
  • TypeScript
  • Tailwind v4
  • Vite
Keyingi loyihaJustStat Film va seriallar trekeri

// Aloqa

Loyihangiz bormi?
Keling, quramiz.

Yangi mahsulot, mavjud tizimni qayta yozish yoki hamkorlik — Telegram'da yozing, odatda bir kun ichida javob beraman.

Telegram: @atomlabs_support